INSTITUT TALABALAR ALMASHINUV DASTURI

INSTITUT TALABALAR ALMASHINUV DASTURI

Toshkent moliya institutining bir guruh talaba-yoshlari Malayziyaning Binary universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan ushbu universitetda “Accounting and finance” mavzusida 2019-yil 5-19 aprel kunlari 72 soatlik oʻquv seminarida ishtirok etdilar.

Oʻquv seminar mashgʻulotlari Binary universitetining yetuk professor-oʻqituvchilari tomonidan “Financial menegment” ( Prof. Dr. Asif Mahbub Karim), “Financial accounting” (Mr. Bipinchandra), “Entrepreneurship” (Adjunct Prof. Huang Soon Fook) modullari asosida olib borildi.

Oʻquv seminar soʻngida 2019-yil 18-aprel kuni Binary universitetida Toshkent moliya institutining Yoshlar bilan ishlash boʻyicha  prorektori, Dr. F. Muxamedov, Binary universiteti prezidenti Tan Sri Datoʻ Prof. Joseph Adaikalam, universitet rektori Prof. Sulochana Nair, TMI Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi S.Avazxodjayev hamda professor-oʻqituchilar ishtirokida talabalarga oʻquv seminarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari toʻgʻrisida sertifikatlar topshirish marosimi oʻtkazildi.

 

Empty

16:28 / 2019-04-23
Success helper
Success warning